Yaponiyada yangi super tezyurar poyezd sinovdan o‘tkazildi

Yaponiya texnik jihatdan dunyoda eng rivojlangan davlatlardan biri sanaladi, shu sababli navbatdagi tezyurar poyezd aynan bu yerda paydo bo‘lganligi ajablanarli emas, deb yozmoqda TravelAsk.


Foto:TravelAsk

Yangi transport modelini yaratgan JR East kompaniyasi yangi poyezd yo‘lovchilarni soatiga 360 kilometr tezlikda tashishini va sinov tariqasida Senday—Aomori yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanishini ma’lum qilgan.

Alfa-X nomini olgan ushbu poyezd texnik ko‘rsatkichlari jihatidan harakatlanish tezligini soatiga 400 kilometrgacha oshirishi mumkin. Bu dunyodagi yo‘lovchi tashuvchi barcha tezyurar poyezd modellari orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir. Poyezdning yo‘lovchilarsiz o‘tkazilgan dastlabki sinovi may oyida bo‘lib o‘tdi.


Foto: TravelAsk

Yangi poyezdning tashqi dizayni va korpusi diqqatga sazovordir. Mashinist kabinasi to‘g‘risida tumshuq qismi uzun cho‘zilgan bo‘lib, u harakat vaqtida qarshilikni kamaytirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, muhandislar orolning mahalliy o‘ziga xosligi — tez-tez zilzilalar sodir bo‘lishini ham e’tiborga olgan. Tezyurar poyezdda maxsus mexanizmlar mavjud bo‘lib, ular sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga yordam beradi.


Foto: TravelAsk

Mutaxasislarning fikricha, tezyurar pooyezdlar sanoatining rivojlanishda davom etishi kutilmoqda. Bu ayniqsa Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi Osiyoning jadal rivojlanayotgan davlatlarida kuzatiladi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.