O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva 89 yoshida vafot etdi

Taniqli teatr va kino aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva 89 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda telejurnalist Shohira Hamro Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.



Foto: “Muz.uz”

Ma’lumot uchun, Yayra Abdullayeva 1930-yili Toshkentda tug‘ilgan. 1950-yildan hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ish boshlagan. 1964-yili O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. 1998-yili “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.