Amerika delegatsiyasi Milliy gvardiya qo‘mondoni bilan uchrashdi

Joriy 2019 yilning 14 may kunida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Missisipi shtatining gubernatori Fil Brayant hamda Missisipi shtati Milliy gvardiyasi general ad’yutanti Djenson Boyls boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Baxodir Tashmatov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni o‘rnatish maqsadida bir qator masalalar muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarini strategik hamkor sifatida ko‘rishi hamda mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda o‘rni yuqori ekanligi ta’kidlandi.

Muzokarada kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim bo‘g‘in sifatida xizmat qiluvchi Toshkentdagi AQSh elchixonasining AQSh ishlari bo‘yicha ishonchli vakili Alan Melser ham ishtirok etdi.




loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.