«Atletiko» Grizmanning ketishini tasdiqladi

«Atletiko» Grizmanning ketishini tasdiqladi


«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann mavsum yakunlanganidan so‘ng klubni tark etadi.

Madrid klubining rasmiy sayti 28 yoshli hujumchining ketishini tasdiqladi.

Avvalroq, Grizmanning «Barselona»ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Antuan Grizmann 2014 yildan beri «Atletiko» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 47ta o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol urgan va 10ta golga hammualliflik qilgan. Uning transfer narxi taqriban 150 million yevroga teng.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.