AQSh harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘ldi

14-may kuni Missisipi shtati gubernatori Fil Brayant boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi yurtimizga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida ham bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Missisipi shtati administratsiyasi, yetakchi tashkilotlar hamda savdo, innovatsiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalaridagi kompaniyalar vakillaridan iborat AQSh delegatsiyasi akademiyaning infratuzilmasi, o‘quv-moddiy bazasi bilan tanishdi. Ta’lim dargohining professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan birgalikda muloqotlar o‘tkazdi. Xususan, Akademiyada faoliyat yuritayotgan Jorj Marshall nomidagi xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha Yevropa markazi xodimi professor Gregori Glison bilan harbiy kadrlar masalasida fikr almashildi.

Ta’kidlash joizki, Gregori Glison 2018-yilning noyabr oyidan buyon Akademiyada xalqaro xavfsizlik bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tib kelmoqda.

Shuningdek, martabali mehmonlar Akademiya tarixi muzeyida bo‘ldi. O‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdi, axborot-resurs markazi, kursantlarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, Jenson Boylz o‘tgan yilning sentyabrida ham yurtimizda bo‘lib, sohaga oid bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazgan edi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.