Olimlar plyajda Xirosima yadro bombardimoni qoldiqlarini topdi

Xalqaro geologlar jamoasi Xirosima ko‘rfazi sohillarida o‘zgacha tog‘ jinslarini topdi, deb yozadi “Liga Novosti”. Dastlab olimlarni ushbu tog‘ jinslarining tuzilishi asteroid yoki kattaroq meteorit qulashi oqibatida hosil bo‘luvchi jinslarnikiga o‘xshashligi hayron qoldirgan. Ammo keyinroq bu 1945-yilgi yadro bombardimonidan so‘ng erigan modda zarralari ekani ma’lum bo‘ldi.

Bunday zarralar miqdori shaharga yaqinlashgan sari ortib borgan, undan 30 kilometr uzoqlikda esa butunlay yo‘qolgan.


Foto: “Liga Novosti”

“Aniqlangan zarralar juda o‘zgacha, ‘aerodinamik’ shaklli, shishasimon tuzilishda edi. Buning nima ekanligini tushunib yetganimizda o‘zimizga savol berdik: agar bu yerda yuz yillab turgan shahar bir zumda Yer yuzidan yo‘qolgan bo‘lsa, uning materiyasi qayerga yo‘qoldi?” — deb yozadi olimlar.

Topilma geokimyoviy tahlildan o‘tkazilgan.


Foto: “Liga Novosti”

Granulalar tarkibi po‘lat, beton, organika, alyumin va boshqa materiallardan, ya’ni shahar qurilgan barcha narsalar birikmasidan iborat edi. Bularning barchasi Selsiy bo‘yicha 1800 daraja issiq haroratda bir lahzada parchalanib, “yadro qo‘ziqorini” bo‘lib atmosferaga ko‘tarilgan. Shundan so‘ng okrugga turli shakllardagi shisha granulalar ko‘rinishida sochilgan.


Foto: “Liga Novosti”

Olimlar noyob jismga “xiroshimit” deb nom qo‘ydi. Ularning fikriga ko‘ra, xuddi shunday zarralarni yadro bombardimoniga uchragan Nagasaki yaqinida va yadroviy sinov maydonlaridan ham topish mumkin.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.