Hyundai Qo‘qonda yiliga qancha elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani ma'lum bo‘ldi

Hyundai Qo‘qonda yiliga qancha elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani ma'lum bo‘ldi


Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi Qo‘qonda yiliga 10 ming donagacha elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Loyiha qiymati - 300 million dollar, dastlabki seriyali elektromobilni ishlab chiqarish 2023 yilga mo‘ljallangan.

«Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasida avtomobillarni seriyali ishlab chiqarish tashkil etiladi. Quvvati yiliga 10 ming dona elektromobil bo‘lgan zavod qurilishi 2021 yilda boshlanishi kerak.

Loyihada Janubiy Koreyaning Hyundai, Evergreen Motors (MDHda KIA va Hyundai rasmiy distribyutori), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi ishtirok etadi. Loyihani amalga oshirish natijasida 1000 ish o‘rni yaratiladi.

Bu Hyundai’ning O‘zbekistonda avtomobilsozlik sohasidagi birinchi loyihasi emas. Kompaniya Namangan viloyatida 1 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko‘tarishi mumkin bo‘lgan yuk avtomobillari, shaharlararo va turistik avtobuslar, shuningdek, maxsus transport vositalari yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.