Notarius pasportga oid ma`lumotlarni mustaqil tekshiradi


Фото: Depositphotos

2018 yil 14 sentabrdagi hukumat qarori bilan notarial harakatlarni amalga oshirishda biometrik va pasportga oid ma`lumotlarini tekshirishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi.

“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, unga ko'ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab:

Notarial harakatni amalga oshirish uchun davlat notarial idoralariga murojaat qilgan shaxsga oid ma`lumotlar notariuslar tomonidan barmoq izlarini skaner qilish va ularni pasportdagi (fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatidagi) biometrik ma`lumotlar bilan solishtirish orqali mustaqil tekshiriladi.

Bunda notarius biometrik, shuningdek pasport ma`lumotlarini tekshirish uchun idoralararo elektron tizim orqali so'rov yuboradi.

Vakolatli organ notarius so'rovnomasiga asosan ma`lumotlarni real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etadi.

Mazkur jarayonni amalga oshirish notarial harakat turiga qarab 15-30 daqiqa ichida amalga oshiriladi.


Manba: Kun.uz

Copyright © 2018. Barcha huquqlar himoyalangan.