Tojikiston prezidenti bojxona xodimini so‘roqqa tutdi va u yolg‘on gapirayotganini fosh qildi

Tojikiston prezidenti bojxona xodimini so‘roqqa tutdi va u yolg‘on gapirayotganini fosh qildi


10 may kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon moliya, bank, bojxona va soliq xodimlari bilan uchrashuvda bojxona xizmati xodimini so‘roqqa tutdi va u yolg‘on gapirayotganini fosh qildi. Bu haqda Avesta xabar bermoqda.

Davlat rahbari bojxonachini mikrofonga taklif qildi va nechta uy hamda mashinaga egaligi, qayerda o‘qiganini so‘rab, u yolg‘on gapirayotganini fosh qildi, xizmatdan bo‘shashni buyurdi.

Muloqot quyidagi tarzda kechgan:

Imomali Rahmon: Mikrofonga kel!

(Shahboz Rajabzoda ko‘tariladi va mikrofonga yaqinlashadi)

Prezident: Siz kimsiz?

Bojxona xodimi: (o‘z ismini aytadi)

Imomali Rahmon: Necha yildan beri ishlayapsan?

Bojxonachi: Bir yil va sakkiz oy.

Imomali Rahmon: Bir yil va 8 oy? Nechta uying bor? Haqiqatni ayt!

Bojxonachi: uchta uy.

Imomali Rahmon: Nechta mashinang bor?

Bojxonachi: Bitta.

Imomali Rahmon: bitta emas, rostini gapir! Menda ma'lumotlar bor.

Bojxonachi: Ikkita mashina. Faqat bittasi mening nomimda.

Imomali Rahmon: bittasi boshqaning nomida, ikkinchisi sening nomingda. Mashinang qancha turadi?

Bojxonachi: ...

Imomali Rahmon: Nechta xorijiy tilni bilasan?

Bojxonachi: Uchta tilni.

Imomali Rahmon: Qayerda o‘qigansan?

Bojxonachi: Rossiya Diplomatik akademiyasi, Davlat xizmati.

Imomali Rahmon: yolg‘on gapirma, o‘qishni bitirmagansan!

Bojxonachi: Ha, o‘qishni tugatmaganman, gap shundaki...

Imomali Rahmon: Seni o‘zlashtira olmaganing uchun haydashgan. Nima uchun mamlakat rahbarining farzandlari nomidan gapirasan? Mana yosh kadr. Boshingdagi sochlaringdan ham ko‘proq gunohlaring bor. Tushundingmi? Qaysi tuzilmada ishlagan bo‘lsang, seni hamma yerdan bo‘shatishgan. Bu ishga qanday qilib qabul qilishgan, men bilmayman. Hech kimga bo‘ysunmaydi. Hatto salomlashmaydi. Nima, osmondan tushganmisan? Qonun nima va kim uchun? Gunohsizmisan? Kamchiliklaring yo‘qmi?

Bojxonachi: Bor.

Imomali Rahmon: Borib, ariza yozasan va ketasan. Hali yosh ekaningni hisobga olyapman, aks holda kamida 15 yilga qamalar eding! Chet elga o‘tkazgan pullarni qaytarasan.

Bojxonachi: Qaytaraman.

Imomali Rahmon: O‘tir.

Imomali Rahmon: Xuddi shunday vaziyat ko‘pchilik postlar rahbarlari, terminallar boshliqlari, bojxona boshqarmalarining ko‘pchilik rahbarlari bilan bog‘liq. Oddiy odamlar emas. Budjetni qanday to‘ldiramiz? Qayerga qarayapsiz? Yuzlab millionlar, milliardlar chiqib ketmoqda, sizlar esa budjet bajarilmayotgani haqida gapirmoqdasiz. O‘qituvchi 10-12 soat ishlaydi va 700 somoniy oladi.

Prezident Imomali Rahmon ushbu uchrashuvda moliya, bank, soliq va bojxona sohasi xodimlariga ular faoliyatidagi asosiy kamchiliklarni ko‘rsatgan hamda ularni imkon qadar tezroq bartaraf etish choralarini ko‘rish haqida topshiriq bergan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.