Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi faoliyatida ilk bor mag‘lub bo‘ldi

Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi faoliyatida ilk bor mag‘lub bo‘ldi


Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov (7-1, 4 KO) o‘zining sakkizinchi jangini o‘tkazdi.


AQShning Arizona shtati Tyukson shahrida bo‘lib o‘tgan jangda unga amerikalik Maykal Foks (20-1, 5 KO) raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va unda bir ovozdan ochkolar bo‘yicha Foks g‘alaba qozondi. Hakamlar 96-92, 96-92, 95-93 hisoblarida Foks g‘alabasini e'tirof etdi.

Natijada Fazliddin G‘oibnazarov o‘zidan salkam 25 sm balandroq raqibga yutqazib, prof-boksdagi birinchi mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

Foks shu yilning fevralida o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Shohjahon Ergashevga (16-0, 14 KO) mag‘lub bo‘lgandi, u o‘sha jangdan so‘ng dastlabki g‘alabasiga erishdi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.