O‘zLiDep Qashqadaryo viloyati kengashiga yangi rahbar saylandi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kengash matbuot xizmati «Xabar.uz»ga xabar berdi.

Yig‘ilishda kengash raisi vazifasiga Tursunov Shuxrat Xamidovich bir ovozdan saylandi.

Joriy yilning birinchi choragi yakunida partiya safiga 16 615 nafar yangi a’zolar qabul qilingan.

Shuningdek, joriy yilning birinchi choragida boshlang‘ich partiya tashkilotlari soni 1035 taga o‘sib, shundan namunali boshlang‘ich partiya tashkilotlari soni 740 tani tashkil qiladi.

Yig‘ilishda shuningdek, Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Yakubov ishtirok etgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.