O‘zbekiston tovar xomashyo birjasida «RUSAL» kompaniyasining mahsuloti so‘mda sotuvga qo‘yildi

O‘zbekiston tovar xomashyo birjasida «RUSAL» kompaniyasining mahsuloti so‘mda sotuvga qo‘yildi


“O‘zRTXB” AJning ichki birja savdolarida “RUSAL” Rossiya kompaniyasining mahsuloti milliy valuta – so‘mda sotuvga qo‘yildi.

"O‘zRTXB" matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “RUSAL” Rossiya alyumin kompaniyasi ishlab chiqaradigan – II AKLP-PT-7E, 9,5 mm markali alyumin simini sotish uchun № 21438 – sonli yangi birja kontrakti ochilgan. Alyumin yetkazib beruvchi sifatida XT “Power Cable Technology” ishtirok etmoqda.

Yangi birja kontrakti loti - 2 tonna. Tonna uchun boshlang‘ich narx – 24,5 mln. so‘m (49 mln. lot uchun). Yetkazib berish shartlari - EXW sotuvchi omboridan xaridorning o‘zi olib ketish.

Uzluksiz quyish orqali olingan, sim va boshqa elektrotexnik maqsadlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan diametri 9,5 mm bo‘lgan yarimqattiq alyumin simi.

Birja savdolarida ishtirok etish uchun birjada akkreditatsiya o‘tish va “O‘zRTXB” AJ ning brokeri bilan shartnoma tuzish lozim.

Ma'lumot uchun: “RUSAL” birlashgan kompaniyasi – Rossiyaning alyumin kompaniyasi bo‘lib, birlamchi alyumin va glinozyoma ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri. Kompaniya zavodlarida alyumin eritish quvvati - 4,3 mln. tonna glinozyoma ishlab chiqarish bo‘yicha – 11,5 mln tonna. Sotuv bozorida asosiy davlatlar: Yevropa, Rossiya va MDH davlatlari, Shimoliy Amerika, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yaponiya va Koreya. Asosiy sanoat-iste'molchilari: transport, qurilish, qadoqlash.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.