AQShda maktabdagi otishmada 8 o‘quvchi yaralandi

AQShda maktabdagi otishmada 8 o‘quvchi yaralandi


AQShning Denver shahri yaqinidagi maktabda sodir etilgan otishmadan keyin 8 o‘quvchi shifoxonaga yetkazildi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.

Voqea Xaylends Renchdagi STEM maktabida sodir bo‘lgan. Duglas okrugi sherifi Toni Sperlokning aytishicha, bir necha o‘quvchi og‘ir ahvolda. Uning ta'kidlashicha, ikki nafar gumonlanuvchi ushlangan, ular ham shu maktab o‘quvchilaridir. Sherifning aytishicha, jabrlanuvchilar 15 yosh va undan katta o‘quvchilar.

Ta'kidlanishicha, maktabda uchinchi gumonlanuvchi bo‘lishi mumkin. Barcha o‘quvchilar evakuatsiya qilingan.

Sperlokning aytishicha, gumonlanuvchilar ikkita sinfda otishma ochgan. Ularda to‘pponcha bo‘lgan. Politsiya gumonlanuvchilar yashaydigan uylarda tintuv o‘tkazmoqda. Shuningdek, ularga tegishli avtomobil aniqlangan.

Ma'lum qilinishicha, voqeani tergov qilishda FQB va milliy xavfsizlik vazirligi xodimlari ishtirok etmoqda. Maktabda 1,8 mingga yaqin bola o‘qiydi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.