Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgandi. Tashrif davomida tumanlarga sanoatni olib kirish, aholini ish bilan ta’minlash va yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratilib, shu maqsadlarga xizmat qiladigan korxonalar faoliyati bilan tanishish, yangi iqtisodiy loyihalarni belgilash rejalashtirilgandi.

Prezident safar davomida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurdi. Farg‘ona shahrida viloyat faollari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Joylarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni Farg‘onaga ikki kunlik tashrif yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.