Emomali Rahmon savdogarlarni Ramazon oyida narxlarni oshirmaslikka chaqirdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tojikistonliklarni Ramazon oyi kirib kelgani bilan tabrikladi, deb xabar berdi ASIA-Plus.


Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Prezident, shuningdek, bu oyda narxlarning oshirilishi masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.

“Savdogarlarning Ramazon oyida va bayram kunlarida oson pul topish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini oshirayotgan holatlar hali ham kuzatilmoqda. Bu esa odamlarning kayfiyatini buzib, ularda norozilik keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, bunday savdogarlar muqaddas oyda o‘zlari va oila a’zolarini barakadan mahrum qiladi”, — degan Emomali Rahmon hadislarning birida bunday ishlardan tiyilish kerakligi ta’kidlanganini ham eslatib o‘tgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.