Qoraqalpog‘istonga kirib kelgan “Lada Largus”ga nima yashirilgan edi?

Qoraqalpog‘istonga kirib kelgan “Lada Largus”ga nima yashirilgan edi?


Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ata” chegara bojxona postiga o‘zining “Lada largus” avtomobilida kirib kelgan fuqaro R.Q.ning “uddaburonligi” naf bermadi, deb yozadi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, uning avtomashinasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishga urinilgan qiymati salkam 7,5 million so‘mlik jami 45 dona qishki kiyim-kechaklar borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, mazkur post orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro Sh.B. qiymati 9,5 million so‘mdan ziyod 1029 dona qurilishda foydalaniladigan maxsus kiyimlarni bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinishi bojxonachilar tomonidan fosh etildi.

“Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.