«Real» rahbariyati yozda ikki futbolchini transfer qilishiga shubha qilmayapti

«Real» rahbariyati yozda ikki futbolchini transfer qilishiga shubha qilmayapti


«Real» rahbariyatidagilar «Manchester Yunayted»ning fransiyalik havbeki Pol Pogba va «Chelsi»ning belgiyalik yarimhimoyachisi Eden Azar yozda klubga kelib qo‘shilishiga ishonchi komil.

Sky Spors manbasi ma'lumotiga ko‘ra, «Real» rahbariyati jamoa bu mavsumda Chempionlar ligasida va Ispaniya chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin klubni qayta qurishga jiddiy qaror qilgan.

Xabar qilinishicha, ayni vaqtda 26 yoshda bo‘lgan Pogba va 28 yoshli Azar madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan tomonidan tuzilgan transferlar ro‘yxati boshida joylashgan. Ikki futbolchi ham bir necha martadan «Real»ga o‘tishga qarshi emasligini bildirgan.

Qayd etilishicha, Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi «MYu»ning o‘yin uslubini bir necha marta tanqid qilgan Pol Pogba agar jamoa bu mavsum yakunlariga ko‘ra «kuchli to‘rtlik»ka kira olmasa va Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa klubni tark etishga ahd qilgan.

Eden Azarning esa «Chelsi» bilan shartnomasi 2019 yil iyunida tugaydi, ammo belgiyalik futbolchi shu vaqtga qadar londonliklar bilan yangi shartnoma tuzmadi. Xabarlarga ko‘ra, «Chelsi» Azarni «Real»ga kamida 100 million funtga sotishni rejalashtirgan.

Angliya chempionatining joriy mavsumida Pogba «MYu» uchun 32 o‘yinda maydonga tushgan va 13 gol urib, 9 golga assistentlik qilgan.

Azar esa «Chelsi»ning APL doirasidagi 34 o‘yinida maydonga tushib, 16 gol urgan hamda 13 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.