50 yoshli gruziyalik ayol sportchi Olimpiadaga borish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

50 yoshli gruziyalik ayol sportchi Olimpiadaga borish bo‘yicha rekord o‘rnatdi


Gruziyalik ayol sportchi Nino Salukvadze faoliyatidagi to‘kkizinchi Olimpiadaga saralanib, o‘z ismini Olimpiya harakati tarixiga kiritdi. 2020 yilda Tokioda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari Salukvadze faoliyatidagi to‘qqizinchi o‘yinlar bo‘ladi. Bu haqda Xalqaro o‘q otish sporti federatsiyasi (ISSF) saytida ma'lum qilindi.

50 yoshli sportchi bungacha 1988 yildan boshlab 8 ta Olimpiadada ishtirok etgan. Salukvadze sobiq ittifoq terma jamoasi safida 1988 yil Seuldagi Olimpiadada 25 metrdan to‘pponchadan o‘q otish musobaqalarida oltin va 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan o‘q uzish musobaqalarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. U 2008 yil Pekindagi Olimpiadada bronza medali sohibiga aylangan.

Ayol sportchilar orasida to‘qqizta Olimpiadada hech kim hali ishtirok etmagan. Nemis baydarkachisi Yozefa Idem va kanadalik akademik eshkak eshish ustasi Lesli Tompson Olimpiadalarda 8 martadan ishtirok etishgan.

Umuman olganda, yozgi Olimpiadalarda ishtirok etish bo‘yicha 71 yoshli kanadalik chavandoz Ian Millar yetakchi hisoblanadi. U 10 ta Olimpiadada ishtirok etgan.

Qishki Olimpiadalarda eng ko‘p ishtirok etish bo‘yicha rekordchi tramplindan sakrash ustasi Noriaki Kasay hisoblanadi. Yaponiyalik 46 yoshli sportchi 8 ta Olimpiadada o‘z kuchini sinab ko‘rgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.