Toshkent hokimiyatida poytaxtdagi toshqinlarda kim aybdorligi aytildi

Toshkent hokimiyatida poytaxtdagi toshqinlarda kim aybdorligi aytildi


Toshkent hokimiyati matbuot xizmati poytaxt ko‘chalari har kuchli yomg‘irdan keyin suv ostida qolayotganining sababini aytdi. Bu haqda Sputnik Uzbekistan nashri xabar berdi.

Hokimiyatdagilarning fikricha, bunday holat aholi ariqlarga va yomg‘ir suvi ketadigan joylarga chiqindilarni tashlashi sababli yuz bermoqda. Buning oqibatida ariqlar chiqindilarga to‘lib, suv oqib ketmay tashqariga toshmoqda.

“Hokimiyat xizmatlari ko‘chalarni chiqindilardan maksimal tozalashga harakat qiladi, biroq ba'zi ariqlar baribir chiqindilar va shisha idishlar bilan to‘ldirilmoqda”, deb ma'lum qilingan hokimiyat matbuot xizmatida.

Hokimiyatda ta'kidlanishicha, Toshkentning 40 ta joyida toshqinlar bartaraf etilgan. Shahar ko‘chalarida 50 tadan ko‘proq texnika ishlamoqda. Bundan tashqari, toshqinlarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruhning maxsus shtabi tashkil etilgan.

Ta'kidlash joiz, 24 aprelda ham Toshkent ko‘chalari kuchli yomg‘irdan keyin suv ostida qoldi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.