Poroshenko jamoasi Zelenskiy inauguratsiyasini iloji boricha ortga surishga harakat qilmoqda – OAV

Poroshenko jamoasi Zelenskiy inauguratsiyasini iloji boricha ortga surishga harakat qilmoqda – OAV


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning jamoasi Ukraina konstitutsiyaviy sudi raisi Stanislav Shevchukni iste'foga chiqarib, prezident saylovlarida g‘olib bo‘lgan Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasini noma'lum muddatga ortga surishga harakat qilmoqda. Bu haqda "Strana.ua" nashri xabar berdi.

“Ukraina prezidenti ma'muriyati konstitutsiyaviy sud orqali sud raisi Stanislav Shevchukni iste'foga chiqarish haqida qarorni o‘tkazmoqchi”, deb yozilgan maqolada.

Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, yangi saylangan prezidentga inauguratsiya vaqtida vakolatlarni konstitutsiyaviy sud raisi topshiradi, biroq marosim vaqtida sud raisi bo‘lmasa ziddiyat yuzaga kelib, davlat rahbari vazifasiga kirishish noma'lum muddatga, jumladan konstitutsiyaviy sudga yangi rais saylangunga qadar qoldirilishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, Shevchukning iste'foga chiqarilishi haqidagi qaror loyihasi tayyorlab qo‘yilgan, 25 aprelda u bo‘yicha konstitutsiyaviy sud yig‘ilishida ovoz berish tashkillashtirilmoqchi. Manbalarga ko‘ra, Shevchukning chetlatilishi uni sudya lavozimidan mahrum qilish orqali amalga oshirilmoqchi, bunga esa u tomonidan “intizomiy qoidabuzarlik, o‘z majburiyatlariga qo‘pol va tizimli ravishda beparvo bo‘lishlikka yo‘l qo‘yilgani” haqidagi xulosa asos bo‘ladi.

Avvalroq Shevchuk “Strana.ua” nashriga intervyuda unga amaldagi prezident Pyotr Poroshenko tomonidan bosim bo‘layotganini ma'lum qilgan. Ekspertlarning fikricha, Poroshenko shu tariqa o‘ziga sodiq konstitutsiyaviy sud raisining saylanishiga urinmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.