104 yoshni qarshilagan xivalik Habibullo otaga fuqarolik pasporti topshirildi

104 yoshni qarshilagan xivalik Habibullo otaga fuqarolik pasporti topshirildi


Xorazm viloyatining Xiva tumani Sayot qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 104 yoshga kirgan Habibullo ota Olimovga fuqarolik pasporti topshirildi, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati.

Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati

24 aprel kuni Xorazm viloyati va Xiva tumani IIB rahbariyati va tuman hokimligi mutasaddilari Sayot qishlog‘idagi Olimovlar xonadoniga borib, tabarruk 104 yoshni qarshilagan Habibullo otaga yangi fuqarolik pasportini tantanali ravishda topshirdilar. Otaxonga milliy to‘n va do‘ppi kiydirildi, oilasiga sovg‘a-salomlar topshirildi.

Foto: Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati

Yangi pasportni qo‘liga olgan Habibullo ota ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e'tibor uchun barchaga minnatdorchilik bildirib, el-yurt ravnaqi yo‘lida yonib yashayotgan insonlar haqiga duo qildilar.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.