Zidan: «Real» La Ligada 33 marta chempion bo‘lgan, «Barselona»-chi?»

Zidan: «Real» La Ligada 33 marta chempion bo‘lgan, «Barselona»-chi?»


Bugun, 24 aprel kuni La Liga doirasida «Valensiya» «Atletiko»ni mag‘lub etgan taqdirda, «Barselona» 26-marotaba Ispaniya chempioniga aylanishi mumkin. Bu kataloniyaliklarning oxirgi besh mavsumdagi to‘rtinchi chempionligi bo‘ladi. Marca nashri mazkur holat yuzasidan «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidanning fikrini keltirib o‘tdi.

«Bizda 33ta Ispaniya chempionligi bor, «Barselona»da nechta? Oxirgi vaqtlarda ularning ishlari yaxshi ketyapti. Buni tan olish va ularni tabriklashimiz kerak.

Ammo agar raqamlardan gapiradigan bo‘lsak, chempionat sovrinlari soni bizda ko‘proq. Men buni o‘zimni himoya qilish uchun aytmayapman, siz ular so‘nggi vaqtlarda ligada yaxshiroq qatnashayotganliklari haqida gapirdingiz. Biz mana shu dinamikani o‘zgartirishimiz kerak.

Sizga shuni aytishim mumkinki, biz keyingi mavsum La Ligani qo‘limizdan kelgancha eng yaxshi darajada boshlashga harakat qilamiz. Keyingi yil Ispaniya chempionatini asosiy maqsadlarimizdan biri deb olishimiz kerak», – dedi Zidan.

Eslatib o‘tamiz, «ko‘k-anorranglilar» kecha 34-tur doirasida «Alaves»ni mag‘lub etgach, «Real»da Primera g‘olibligi uchun nazariy imkoniyat qolmadi. «Qaymoqranglilar» ertaga «Xetafe» mehmoni bo‘lishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan jumaga o‘tar kechasi soat 00:30da boshlanadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.