Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga tabrik yo‘lladi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston rahbari O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari an'anaviy do‘stlik, o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida rivojlanishda davom etishiga ishonch bildirgan.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va davlat arbobi sifatida muvaffaqiyatlar, ukrain xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilagan.

Vladimir Zelenskiy 21 aprel kuni Ukraina prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida raqibi, amaldagi prezident Petro Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi - u saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.