Olimlar Yer tarixidagi eng katta falokat sababini aniqladi

Sinsinnati universiteti (AQSh) va Xitoy geofanlar universiteti mutaxassislari Permdagi ommaviy nobud bo‘lishning haqiqiy sababi vulqon otilishi bo‘lganligini aniqladi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.



Foto: CC0 / Pexels /

Olimlar 252 million yoshli cho‘kindilarda simob izlarini topgan. Ushbu metal atmosferagan to‘plangan ko‘mir zahiralari yoqilganda chiqarilgan. Keyin, u yomg‘ir bilan birga okeanlarga va butun dunyo bo‘ylab dengiz cho‘kindilariga tushgan.

Olimlar shuningdek, vulqon otilishi markazi zamonaviy Sibir hududida joylashganligini aniqlagan. Vulqon otilishi yuz ming yillar davom etgan, buning ustiga ular faqat vulqonlardan emas, balki yer qobig‘idagi oddiy yoriqlardan ham chiqqan. Bundan tashqari, atmosferaga taxminan 3 million kub kilometr kul chiqqan, bu esa Yerdagi o‘rtacha haroratni o‘n darajaga oshishiga olib kelgan.

Natijada oziq-ovqat zanjirlari buzilgan va dengizlarda kislotalik darajasi ortgan, bu esa dengiz turlarining qariyb 96 foiz, umurtqali hayvonlarning 73 foiz va hasharotlar turlarining 83 foiz kamayishiga olib kelgan, bioxilma-xillikning yo‘qolishi esa 60 ming yilni tashkil etgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.