Times: MRB Londonga Huawei Xitoy maxsus kuchlari tomonidan moliyalashtirilgani haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi

Times: MRB Londonga Huawei Xitoy maxsus kuchlari tomonidan moliyalashtirilgani haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi


AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Buyuk Britaniyaga Huawei kompaniyasi Xitoy maxsus xizmatlari va qurolli kuchlari tomonidan moliyalashtirilgani haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda The Times gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Huawei Buyuk Britaniyaga internet kompaniyalar va mobil aloqa operatorlari uchun qurilma yetkazib beruvchi eng yirik kompaniya bo‘lgani bois London bu qurilmalarga Xitoyga josuslik bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi dasturlar o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligidan xavfsiramoqda.

Gazetaning qayd etishicha, Huawei MRB tomonidan aytilgan ayblovlarni asossiz deb atagan. Korporatsiyaning ta'kidlashicha, Xitoy davlati hech qachon axborot yig‘ishni so‘ramagan, agarda bunday so‘rov kelib tushgan taqdirda Huawei uni bajarishdan bosh tortgan bo‘lardi, deb yozadi gazeta.

Avvalroq Huawei AQSh hukumatiga qarshi da'vo arizasi bilan chiqqani xabar qilingandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.