TsSKA xokkey klubi ilk marotaba Gagarin Kubogini qo‘lga kiritdi

TsSKA xokkey klubi ilk marotaba Gagarin Kubogini qo‘lga kiritdi


Moskvaning TsSKA klubi o‘z tarixida birinchi marta Gagarin Kubogi sohibi bo‘ldi.

«Armiyachilar» pley-off finalining to‘rtinchi o‘yinida Omskning «Avangard» klubini qo‘shimcha vaqtda 3:2 hisobida mag‘lub etishdi. Natijada, qarama-qarshilik umumiy 4:0 hisobida TsSKA foydasiga hal bo‘ldi.

Qayd qilish joizki, TsSKA avvalroq Yevroosiyo qit'asining eng nufuzli sovrini finaliga ikki marta, 2015/16 va 2017/18 mavsumida chiqib, mos ravishda «Metallurg Magnitogorsk» va «Oq Bars»ga yutqazgan edi.

Ma'lumot o‘rnida, Gagarin Kubogining eng sovrindor klubi «Oq Bars» hisoblanadi. Qozonliklar uch marta nufuzli Kubok sohibi bo‘lishgan. «Metallurg Magnitogorsk», «Dinamo Moskva» va SKA 2 martadan, «Salavat Yulayev» 1 martadan musobaqada g‘alaba qozongan.

Gagarin Kubogi,
Final
To‘rtinchi o‘yin
Avangard – TsSKA – 2:3 (qo‘shimcha vaqt)
19 aprel, «Balashixa-Arena»
1:0 – 12 Shumakov (Shirokov)
2:0 – 17 Frenson (Bek, Yemelin)
2:1 – 23 Kaprizov (Telegin)
2:2 – 57 Okulov (Popov)
2:3 – Mamin (Dalbek, Robinson) – 77:44 (5x5)
Umumiy hisob: 0:4

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.