Ona dod soladi: Mushtdek bolam saraton bilan olishmoqda!

Ona dod soladi: Mushtdek bolam saraton bilan olishmoqda!


Bemorlar... Murakkab vaziyatga tushganlar... Yordamga muhtojlar... Ularning har birining dardi o‘ziga xos, ammo hammasi ham ko‘zlarini javdiratib najot izlaydi, Sizu-bizdan ko‘mak kutadi.

Xayriya ilinjida tahririyatimizga tashrif buyurgan ona – Nilufar Hamroyevaning ko‘zi hamisha yoshga to‘lib turgandek tasavvur o‘yg‘onadi. Uni tushunmaslik barcha ezguliklarga teskari qarashdek tuyiladi. Axir onaning ikki farzandi og‘ir bemor, kattasi yurak porogidan aziyat chekayotgani yetmagandek 5 yoshli o‘g‘li Maqsudbek Abdurashidov ham juda murakkab kasallik, saratonning og‘ir turi – noxojkin limfomasiga chalinib qolgan.

Video: Mover (tas-ix)


Video: Youtube

– Turmush o‘rtog‘im oddiy ishchi, kundalik ishlarda yollanib pul topadi. Daromadi ro‘zg‘orimizga amal-taqal qilib yetadi, bolalarimiz hali yosh, men o‘g‘limdan ajrala olmayman. Maqsudbekning saratonga chalinganini eshitganimda dunyo ko‘zimga qorong‘i bo‘ldi. Hech kimning boshiga bu kunlarni solmasin, hech kimning bolasi kasal bo‘lmasin...

Mushtdek bolaning bunday kasal bilan og‘riganini ko‘tarish qiyin bo‘larkan. Farzandim og‘riqdan ingraganida yuragim parcha-parcha bo‘lib ketadi. Bir marta og‘ir operatsiya o‘tkazdik, uzluksiz ximioterapiyalar olayapmiz. Hamisha dori-darmonga xarajat qilib, davolanish uchun poytaxt va Qashqadaryo o‘rtasida qatnayverib bor-budimizni sarflab tugatdik, qarzga ham kirib ketdik. Biror tomondan najot qolmaganidan keyin Allohga tavakkal qilib yaxshilardan ko‘mak so‘rashga majbur bo‘ldik.


Endigina 33 ga kirdim, lekin o‘zimni o‘ylashni unutib bo‘lganman. Ikki bolamning, ayniqsa og‘ir dard, shishlar va og‘riqlardan azob chekayotgan o‘g‘lim Maqsudbekning dardiga davo topsak, dunyoda mendan baxtli odam bo‘lmaydi. Ishonaman, o‘g‘lim ham sog‘ayib ketib ulg‘aysa, o‘ziga ko‘mak berganlar kabi saxovatli inson bo‘lib yetishadi.


Saxovatni yurtdoshlarimiz, aynan Sizlar qilasizlar. Bu o‘rinda saytimiz xayriya aksiyasini uyushtiruvchi xolos. Umid bilan kelganlar yaratganning qudrati, shifokorlarimiz sa'y-harakatlari va sizning himmatingiz bilangina maqsadlariga erishadilar.

Besh yoshida tog‘ qadar dardni ortmoqlab olgan Maqsudbekka ko‘mak beraylik. Uning mungli ko‘zlarida quvonch yaraqlasin, o‘rtoqlari kabi bolalik ne'matlaridan bahra olsin, shu o‘g‘lon ham o‘ssin-ulg‘aysin...

Maqsudbekka ko‘mak berish istagida bo‘lganlar uchun ma'lumotlar:

ONASI NILUFAR HAMROYeVA telefon raqami: (97) 318-98-66, (97) 318-48-28

Nilufar Hamroyeva nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0417 7044 9388 (Agrobank)

MFO: 00394

INN: 201200124

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000400000394001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000900000394001

Mijoz arizasiga naqd pul topshirilganda: 23116000600000394001

Abror Zohidov tayyorladi,
tasvirchi Sherzodbek Egamberdiyev.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.