«EXPO-RUSSIA UZBEKISTAN 2019» Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi

«EXPO-RUSSIA UZBEKISTAN 2019» Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi


«EXPO-RUSSIA UZBEKISTAN 2019» ikkinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi va «Russia Smart Innovation» Toshkent Biznes-forumi 2019 yil 24-26 aprel kunlari Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyi (Mustaqillik ko‘chasi, 2)da bo‘lib o‘tadi.


Joriy yilda ko‘rgazmada 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etishadi va turli sohalarda, jumladan energetika, telekommunikatsiya va aloqa, tibbiyot va farmatsevtika, mashinasozlikdagi eng so‘nggi texnologiyalar hamda ishlanmalarni namoyish etishadi. Qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, tog‘-konchilik va kimyo sanoatini rivojlantirishdagi oxirgi tendensiyalar ta'kidlanadi. Xalq iste'moli mahsulotlari alohida blokda namoyish etiladi. Shuningdek, ko‘rgazma mehmonlarida Rossiyaning yuqori texnologiyali virtual reallik platformasi VR Platforma’ni sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi. Bunda har qanday foydalanuvchi virtual reallikda yurishi va yugurishi mumkin. Ko‘rgazma tor ixtisoslashmagan, barcha sohalararo bo‘lganligi sababli siz tashrif buyurganingizda eng so‘nggi industrial trendlar haqida bilib olishingiz, asosiy yuqori texnologiyali tarmoqlarning rivojlanish yo‘nalishlari to‘g‘risida yangi ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz hamda kelajakda bu yangiliklarni o‘z biznesingiz foydasi uchun ishlatishingiz mumkin.



Tadbir doirasida iqtisodiyotni raqamlashtirish, «Elektron hukumat» mavzularida bir necha panel sessiyalar, ta'lim muammolari, agrosanoat majmualari, teletibbiyot va farmatsevtika, transport, qurilish, energetika sohalaridagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha davra suhbatlari, shuningdek, V2V uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Keng miqyosdagi madaniy dastur, jumladan «Rossiya bilan uchrashuv» kinofestivali, Araik Galstyanning gullar shousi ham ko‘zda tutilgan.

Tashkilotchilar qayd etishicha, tadbir Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni kelgusida rivojlantirish va yanada mustahkamlash, turli sohalarda rossiya-o‘zbek iqtisodiy hamkorligining shakl va yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish maqsadida ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, u O‘zbekiston bozorida Rossiyaning yuqori texnologiyali eksport mahsulotlarini targ‘ib qilish va ta'lim hamda ilm-fan sohasida tadbirkorlar hamkorligini kengaytirishga ham yo‘naltirilgan.
Shuningdek, ko‘rgazma ikki mamlakat ilmiy institutlarining innovatsion faolligi va o‘zaro hamkorligini rag‘batlantirishga ham xizmat qiladi.



Alohida blokda Rossiya kompaniyalari va tashkilotlari ekspozitsiyalari namoyish etiladi – Rossiya eksport markazi ko‘magi bilan “Rossiyada ishlab chiqarilgan” brendi ostida turli sanoat sohalaridagi innovatsion g‘oyalarni namoyish etuvchi Rossiya Federatsiyasi milliy stendi ishtirokchilari, eksponentlari ishtirok etishadi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi shunga o‘xshash tadbir 2018 yil aprel oyida o‘tkazilgan. Toshkentda tashkil etilgan ko‘rgazma davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»ga bag‘ishlangan. Ishtirokchilar tomonidan rejalar haqida shartnoma va bitim imzolash uchun shart-sharoitlar tayyorlangan. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha yetti davra suhbati, seminarlar va taqdimotlarda ishtirok etish katta qiziqish uyg‘otgan. Biznes hamjamiyati vakillari uchun ko‘rgazmaning samaradorligini ishchi dastur doirasida 600 maqsadli uchrashuvlar tashkil etilganligi ham tasdiqlaydi. 2019 yilda 1200dan ortiq maqsadli uchrashuvlar o‘tkaziladi.


Ko‘rgazma tashkilotchisi «Zarubej-Ekspo» OAJ bo‘lib, O‘zbekiston tomonidan hamkor tashkilotchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respubllikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Rossiya TIV, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Rossiya sanovat va savdo vazirligi, RF O‘zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasi, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi, Rossiya energetika vazirligi va Rossiyaning boshqa sohalardagi idoralari tadbirni o‘tkazishda ko‘maklashmoqda.


Sizlarni «EXPO-RUSSIA UZBEKISTAN 2019» ko‘rgazmasi va «Russia Smart Innovation» forumiga taklif etamiz!

Mehmonlar quyidagi havola bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tadi: www.zarubezhexpo.ru/visitUzb

Barcha savollar bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaga murojaat qilishingiz mumkin:

+7 (495)721-32-36; e-mail: info@zarubezhexpo.ru

+99893 535 80 20

Reklama huquqi asosida

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.