Boks. O‘zbekiston vakillari Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshladi

Boks. O‘zbekiston vakillari Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshladi


Bugun, 19 aprel kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi.

Birinchi kungi bahslarda O‘zbekiston erkaklar jamoasining ikki vakili janglarga kirishdi. Dastlab, -64 kg vazn toifasida Shunqor Abdurasulov ringga ko‘tarilib, iroqlik Qadim Al-Ezirejni osonlik bilan mag‘lub etdi va ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Abdurasulovning keyingi bosqichdagi raqibi pokistonlik A.Ma'sud bo‘ladi.

Shunqor Abdurasulov
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Undan so‘ng Osiyo o‘yinlari chempioni Bobo-Usmon Boturov (-69 kg) saralash bahsi doirasida mo‘g‘ulistonlik Bayarku Ganbaatarga qarshi jang o‘tkazdi. U ham birinchi raqibini mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Bobo-Usmon Boturov
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Shuningdek, bugun O‘zbekiston ayollar terma jamoasidan -57 kg vazn toifasida Yodgoroy Mirzayeva shri-lankalik Krishmi bilan jang o‘tkazadi.

O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining 20 aprel kungi taqvimi:

– 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – D.Xasebe (Yaponiya)
– 52 kg: Hasanboy Do‘smatov – T.Drugel (Butan)
– 56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – A.Alibekov (Qirg‘iziston) / N.Simfavong (Laos)
– 60 kg: Shukurjon Rahimov – K.Choye (KXDR)
– 75 kg: Isroil Madrimov – T. Vu (Vetnam)
– 81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov – B. Yadav (Hindiston)
– 91 kg: Sanjar Tursunov – X. Xan (Xitoy) / S. Boboshev (Qirg‘iziston)
+ 91 kg: Bahodir Jalolov – X. Mu (Xitoy)

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.