Notr-Dam soborini tiklashda Assassin’s Creed Unity o‘yini yordam berishi mumkin

15-aprel yonib ketgan mashhur Notr-Dam-de-Pari soborini tiklash uchun xayriya kampaniyasi tashkil qilinib, 600 million yevro yig‘ildi. Bu haqda TJournal xabar berdi.


Foto: TJournal

Fransiyaning Notr-Dam-de Pari soboridagi yirik yong‘in bir necha soatdan keyin o‘chirilgan. Soborning tomi, soati, gumbazi vayron bo‘lgan. Binoni ta’mirlash uchun xayriya yo‘li bilan 600 million yevro yig‘ilgan. Ammo rekonstruksiya ishlari uchun bino loyihasi va sxemasi kerak.

OAVda aytilishicha, Notr-Damni qayta tiklashga 2014-yil chiqarilgan Assassin’s Creed Unity o‘yini yordam berishi mumkin. O‘yin voqealari XVIII asrda Parijda bo‘lib o‘tadi va syujetning markazida yosh qotil turadi. Kerolin Miuss ismli rassom soborni o‘rganishga ikki vaqt sarflagan hamda uning maksimal darajadagi aniq virtual nusxasini yaratgan.

Unity ilk bor Assassin’s Creed seriyasida ushbu binoning aniq nusxasini o‘yinga chiqargan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.