TIHE 2019: Toshkentda Xalqaro sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda

TIHE 2019: Toshkentda Xalqaro sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda


Ilmiy va amaliy tibbiyot yutuqlari namoyish etiluvchi eng yirik TIHE 2019 ko‘rgazmasi poytaxtda o‘z ishini boshladi. Dunyoning 22 mamlakatidan tashrif buyurgan 250 ishtirokchi o‘z stendlarida tibbiyot ilmining zamonaviy yutuqlari va ishlanmalari, davolash va profilaktika usullari, shuningdek sog‘liqni saqlash sohasidagi yangi xizmatlar, zamonaviy diagnostik, laboratoriya, fizioterapevtik, reanimatsion uskunalar, bir martalik tibbiyot vositalari, klinika va dorixonalar uchun mebel va boshqa ko‘plab boshqa mahsulotlarni namoyish qilishdi.


Ko‘rgazma birinchi kunining ishchi qismida "Hamyonbop tibbiy yordam va sog‘lom turmush tarziga qiziqishni oshirish: zamonaviy jamiyatda yangi yo‘nalishlar, imkoniyatlar va yechimlar" konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.


Bir vaqtning o‘zida boshqa zalda «DAMU» axborot texnologiyalari markazi (Qozog‘iston) bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazilib, tibbiyot muassasalarini dasturiy ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

TIHE 2019 ko‘rgazmasi 18 aprelga qadar davom etadi. Unga tashrif buyurgan mehmonlar ko‘plab qiziq yangiliklardan xabar topish barobarida turli taqdimot va aksiyalarda ishtirok etish hamda qimmatbaho sovg‘alar yutib olish imkoniga ega bo‘lishadi.


loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.