«Semurg‘» O‘zbekiston xokkey chempionatida g‘olib bo‘ldi

«Semurg‘» O‘zbekiston xokkey chempionatida g‘olib bo‘ldi


O‘zbekistonning eng mashhur xokkey jamoasi — «Binokor» mamlakat chempionatida Toshkentning «Semurg‘» jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Yakun 4:1 hisob bilan o‘yinni yakunlagan «Semurg‘» xokkey jamoasi shaybali xokkey bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati g‘olibi etib tanishtirildi. Chempionatda uchinchi o‘rin «Humo» vakillariga nasib etdi.

Final bahsini O‘zbekiston Sport vaziri Dilmurod Nabiyev, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bahodir G‘ofurov, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi vitse-prezidenti Iskandar Shodiyev va federatsiya bosh kotibi Shukrullo Karimov bevosita arenadan kuzatib bordi.

Final yakunida alohida nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib o‘yinchilar taqdirlanishdi. Unga muvofiq, eng mahsuldor o‘yinchi — Javohir Rasulov («Binokor» ), eng yaxshi darvozabon — Aleksandr Zakirov («Binokor»), eng yaxshi hujumchi — Sergey Golev («Semurg‘»), eng yaxshi himoyachi esa Konstantin Gavrilenko («Semurg‘» ) e'tirof etildi.

Chempionat finalini Vladislav Kiselev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib bordi.







































loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.