Fransiyalik tadbirkor Notr-Dam-de-Parini tiklashga 100 million yevro ajratadi

Fransiyalik tadbirkor Fransua-Anri Pino yongan Notr-Dam soborini tiklashga 100 million yevro (113 million dollar) xayriya qilishni va’da qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.



Foto: NatPress

Bu haqda Gucci va Yves Saint Laurent moda uylari qarashli bo‘lgan Kering group rahbari tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilgan.

Pul Notr-Damni tiklash tadbirlariga sarflanishi rejalashtirilgan. Ushbu summa Pino oilasiga tegishli bo‘lgan Artemis investitsiya kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.