Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uskunasi mavjud DXM ro‘yxati ma'lum qilindi

Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uskunasi mavjud DXM ro‘yxati ma'lum qilindi


Davlat xizmatlari agentligining eslatishicha, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga soddalashtirilgan tartibda almashtirish 2020 yil 31 dekabrga qadar davom etadi.

Bugungi kunda mazkur xizmat respublika bo‘ylab 10 dan ortiq Davlat xizmatlari markazlari hamda Yo‘l harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari va bo‘limlarida ko‘rsatiladi.

“Davlat xizmatlari agentligi xodimlari hamisha sohani takomillashtirish ustida ishlarni olib borishadi. Buning natijasida, Sizlarga qulaylik yaratish hamda navbatlarni oldini olish maqsadida, bugungi kunda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun arizani my.gov.uz portali orqali yuborish yo‘lga qo‘yildi”, - deyiladi eslatmada.

Markazlarda xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda eng kam oylik ish haqining 70% miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish lozim.

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab barcha Davlat xizmatlari markazlari eksterritorial tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishadi. Ya'ni, doimiy yashash joyidan qat'iy nazar, davlat xizmatlarini istalgan DXMdan olish imkoni mavjud.

Qo‘yida eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish uskunasi mavjud Davlat xizmatlari markazlari ro‘yxati havola etiladi:


loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.