Bir oilaning ikki norasida farzandi kamqon: ularni faqat qimmatbaho operatsiya qutqarishi mumkin

Bir oilaning ikki norasida farzandi kamqon: ularni faqat qimmatbaho operatsiya qutqarishi mumkin


Farzandning oyog‘iga tikan kirsa, jigarlarining joni uzulgudek bo‘ladi. Agar oiladagi go‘daklar og‘ir dardga mubtalo bo‘lib tug‘ilsa-chi?

Samarqand tumanining «Sulfakabutak» mahallasida yashovchi Feruz Davronovning farzandlari ana shunday og‘ir dardga yo‘liqqan va uning oilasiga yaxshilarning yordami juda-juda kerak.

Video: Mover (tas-ix)


Video: Youtube

Uning 10 yoshli to‘g‘ich farzandi Sardor Sattorov va 8 yoshli qizalog‘i Sarvara Sattorova tug‘ma beta talassemiya kasalligi bilan kasallangan. Bu kamqonlikning o‘ta noyob turi bo‘lib, bolalarning qonida gemoglobin darajasi tushib ketadi va ularga har 30-40 kun oralig‘ida qon qo‘yib turilishi kerak.


Go‘daklarning ahvoli haqida Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Zokir Sa'diyevning aytishicha, bunday kasallik viloyatda bor-yo‘g‘i 26 bolada ro‘yxatga olingan bo‘lib, bir oilada ikki farzandda ham kuzatilishi o‘ta noyob hodisa. Mazkur kasallik suyak ko‘migi ko‘chirilishi bilan tuzatiladi. Bunday operatsiyalar hozircha O‘zbekistonda amalga oshirilmayapti. Kasallikni faqatgina operatsiya yo‘li bilan davolash mumkin. Chunki vaqt o‘tishi bilan inson tanasi boshqa tanadan quyilayotgan qonga nisbatan antitana ishlab chiqara boshlaydi va qonni qabul qilmay qo‘yadi.


Feruz Davronovning o‘zi ham bolaligidan tug‘ma nogiron. U bolalar tserebral falajiga yo‘liqqan va hanuzgacha yaxshi harakatlana olmaydi. Ayni paytda taksichilik qilib, ro‘zg‘or tebratmoqda.


Qarindoshlari yordamida bolalarni yoshligidan Moskvadagi Rossiya bolalar klinik shifoxonasiga olib borib ko‘rsatgan.

2011 yillarda ushbu kasalllikning davosi topilmagani bois, rossiyalik vrach Nadejda Smetanina tomonidan bolalarni davolash uchun ma'lum bir yo‘l chizib berilgan.

Bolalarga qon quyilaverganidan ularning organizmi tarkibida temir moddasi ortib ketadi va taloq shishadi. Shu sabab to‘ng‘ichi Sardorning talog‘i olib tashlangan. Ular xorijda ishlab chiqariladigan, davlat tomonidan berib boriladigan, tanada temir moddasini parchalaydigan «Eksjad» («Exjade») dori vositasini muttasil qabul qilib borishmoqda.


Ayni paytda ushbu kasallik aholi o‘rtasida nisbatan keng tarqalgan Ozarboyjonda maxsus markaz ochilib, kasallik operatsiya yo‘li bilan muvaffaqiyatli davolanmoqda.


Operatsiya uchun har bir bolaga 20 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ zarur. Feruz Davronov ro‘zg‘or yuritish uchun o‘zi haydab yurgan mashinasini sotadi, yaqinlari yordam qilishadi — 10 ming AQSh dollar mablag‘ to‘play oladi.

Qolgan mablag‘ni yig‘ishda oilaga saxovatpesha homiylar, savobtalab hamyurtlarimizning yordami juda-juda kerak.

Biz Sardor va Sarvara Sattorovalarning operatsiyasi uchun xayriya aksiyasini e'lon qilamiz.


Butun jahondan, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekistonda mehnat va istiqomat qilayotgan hamyurtlarimizdan Davronovlar oilasiga yordam qo‘lini cho‘zishni so‘rab qolamiz.

Sardor va Sarvara Sattorovlarning davolanishi uchun xayriya aksiyasi:

Click/PayMe: 8600 0417 1756 8084 (Otasi Davronov Feruz nomida)

VISA: 4187 8200 0024 2097. SWIFT: (PAKHUZ22)

Sberbank (Master Card): 5336 6901 2506 7183

Telefon: (91) 521-99-39

Shuhrat ShOKIRJONOV tayyorladi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.