Kanada fuqarosi to‘rt tanishini otib tashladi

Kanadaning kichik Pentikton shahrining turli joylarida to‘rt kishi otib tashlangan, deya xabar beradi “Vesti.ru”.



Foto: EPA

Qotil mahalliy politsiya bo‘limiga kelib, taslim bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qotil odamlarni tasodifan o‘ldirmagan — uning qurbonlari shaharning turli burchaklarida yashagan tanishlari bo‘lgan.

Qotilning shaxsi aniqlanmagan, hozir u hibsda saqlanmoqda. Ayni paytda politsiya qotillik sabablarini aniqlamoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.