«O‘zavtosanoat» korxonalari qancha soliq to‘ladi?

«O‘zavtosanoat» korxonalari qancha soliq to‘ladi?


2019 yil I chorakda avtomobil tarmog‘i korxonalari tomonidan umumiy qiymati 7,5 trln so‘mdan ziyod tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» xabar bermoqda.

Ushbu davr mobaynida 59,5 mingta yengil avtomobil, 990 ta ISUZU avtobusi va yuk mashinasi, 317 ta MAN avtobusi va yuk mashinasi hamda 414 ta KamAZ yuk mashinasi konveyerdan chiqdi.

«O‘zavtosanoat» AJ 2019 yilning 1-choragida 600 mlrd so‘m soliqlar to‘ladi. 2018 yilda tarmoq korxonalari tomonidan 1,6 trln so‘mlik soliqlar to‘langan.

Tarmoq korxonalari tomonidan, shuningdek, umumiy qiymati 5,1 trln so‘mlik xalq iste'moli tovarlari chiqarildi, 2018 yil I choragiga nisbatan o‘sish sur'ati 166,6% bo‘ldi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.