Google AQSh politsiyasiga yordam beradi

Google doimiy ravishda AQSh huquq-tartibot idoralariga foydalanuvchilarining joylashuvi to‘g‘risida ma’lumot berib turish orqali jinoyatchilarni qo‘lga olishga yordam beradi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.



Foto: Gazeta.ru

The New York Times gazetasining ma’lum qilishicha, politsiya va FQBning ixtiyorida faqat gumondorlarning ma’lumotlari emas, balki jinoyatga yaqin bo‘lgan foydalanuvchilarning ma’lumotlari ham bor.

Jinoyatni tergov qilish vaqtida politsiya voqea joyi atrofida bo‘lgan kompaniya tomonidan qayd etilgan barcha telefonlarning ma’lumotlarini talab qilishi mumkin. Google foydalanuvchining joylashuv tarixi haqidagi ma’lumotlar bazasidan foydalanadi va huquq-tartibot organlariga barcha aniqlangan telefonlar haqida dastlabki ma’lumotlarni taqdim etadi, biroq boshqa ma’lumotlarni oshkor qilmaydi.

Politsiya tergov uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lganlarni tanlaydi va ushbu foydalanuvchilarning harakatlari haqida ma’lumot so‘raydi. Shunda jinoyatchi yoki guvoh bo‘lishi mumkin bo‘lganlar tanlab olinadi, keyin politsiya ushbu foydalanuvchilar haqida to‘liq ma’lumot talab qiladi.

Nashrga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari 2016-yilda Google foydalanuvchilari joylashuvini kuzatish xizmatidan foydalanishni boshlagan, ammo oxirgi olti oy ichida ushbu hamkorlik ayniqsa faollashgan. Texnologiya giganti tomonidan qabul qilingan so‘rovlarning aniq soni noma’lum, biroq gazeta manbalariga ko‘ra, yaqinda kompaniya haftasiga 180 ta talabnoma olgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.