Zelenskiyning uyi yaqinida pulemyot o‘rnatilgan mashinada noma'lum shaxslar ushlandi

Zelenskiyning uyi yaqinida pulemyot o‘rnatilgan mashinada noma'lum shaxslar ushlandi


Ukraina prezidenti lavozimiga nomzod Vladimir Zelenskiyning uyi yaqinida politsiya xodimlari tomonidan “Toyota-Prado” avtomobilida pistirmada o‘tirgan uch noma'lum shaxs ushlandi. Bu haqda oliy rada deputati Anton Gerashchenko feysbukda ma'lum qilgan.


Ushlanganlar yo‘ltanlamasning orqa qismini o‘t ochish uchun moslashtirishgan – ular o‘rindiqlarni olib tashlab, ular yonidan topilgan yirik kalibrli pulemyot uchun tayanch vazifasini o‘tagan moslamani o‘rnatishgan.

Ta'kidlanishicha, gumonlanuvchilar o‘z “o‘ljasini” “Perlina Іtalіyi” kottej posyolkasiga olib boruvchi yo‘l yonida o‘rmonda kutib o‘tirishgan. Zelenskiyning uyi aynan shu posyolkada joylashgan.

“Qurollangan guruh” ushlangani haqida Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko ham xabar qilgan. Biroq uning versiyasiga ko‘ra, ushlanganlar lvovlik jinoiy avtoritetga suiqasd qilmoqchi bo‘lishgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.