Poroshenkoga suiqasdda ayblangan Nadejda Savchenko qamoqdan ozod qilindi

Oliy Rada deputati, Ukraina qahramoni Nadejda Savchenko qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.



Foto: “RBK”

Kiyev viloyatining Brovarsk shahar sudi Savchenkoning hibs muddati tugagani sababli shunday qaror qabul qildi. U bilan sherigi Vladimir Ruban ham ozod qilindi.

Savchenko va Ruban 2018-yil mart oyidan beri qamoqda saqlanayotgan edi. Prokuraturaga ko‘ra, ular Ukraina parlamentida terakt va prezident Pyotr Poroshenkoga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.