GM Uzbekistan bu yil Equinox krossoveri va Trailblazer yo‘ltanlamasini ishlab chiqaradi

GM Uzbekistan bu yil Chevrolet Equinox krossoverini va Chevrolet Trailblazer yo‘ltanlamas mashinani ishlab chiqaradi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.


Foto: “Podrobno.uz”

“Barchaga yoqadigan Chevrolet Captiva krossoveri o‘rniga 2019-yilda ikkita yangi avtomobil — Chevrolet Equinox krossoveri hamda Chevrolet Trailblazer yo‘ltanlamasini ishlab chiqarishi rejalashtirilgan. Avtomobillar GM Uzbekistan zavodi negizida ishlab chiqariladi”, – deydi “O‘zavtosanoat”.  

Biroz oldin GM Uzbekistan 2019-yilning uchinchi choragi oxirida SUV segmentida ikki yo‘ltanlamas model namoyish qilishi haqida xabar bergan edi.


Foto: “Podrobno.uz”

“Yaqin yilllarda yangi global platforma yaratamiz. Shuningdek, shu yildan boshlab biz SUV segmentida, ya’ni yo‘ltanlamas, yirik uzelli ikki avtomobilni yig‘ishni boshlaymiz. Captiva ishlab chiqarishni o‘tgan yil to‘xtatganmiz. Uning o‘rniga shu yilning uchinchi choragida ushbu segmentda ikki yangi avtomobil namoyish qilinadi”, – deydi “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov.


Foto: “Podrobno.uz”

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.