Tramp fransuzlarni Muqaddas ona cherkovidagi yong‘inni o‘chirishda hayallamaslikka chaqirdi 

Tramp fransuzlarni Muqaddas ona cherkovidagi yong‘inni o‘chirishda hayallamaslikka chaqirdi 


AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda Parijda butun dunyoga mashhur Notr-Dam-de-Pari – Muqaddas ona cherkovi yonayotganidan dahshatda ekanini bildirdi.

Tramp ibodatxona yonayotganini ko‘rish ayanchli ekanini yozgan. U yong‘inni o‘chirish uchun zudlik bilan gidrosamolyotlar qo‘llashni tavsiya qilgan.

“Notr-Dam yonayotganini ko‘rish – bu dahshat. Balki, o‘t o‘chiruvchi gidrosamolyotlarni qo‘llash mumkindir. Tez harakat qilish kerak!”, deb yozgan Tramp.

Yong‘in restavratsiya ishlari olib borilayotgan ibodatxonaning yuqori qismida chiqqan. Ayni vaqtda cherkovning shpili, soati va tomi qulab tushgan.

Voqea joyiga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yo‘l olgan.

2013 yilda cherkov o‘zining 850 yilligini nishonlagan. U Parij ramzlaridan biri hisoblanadi va unda Fransiya tarixidagi muhim voqealar yuz bergan.

900 yildan ko‘proq tarixga ega cherkovda 1302 yil Fransiya qirolligining ilk general shtatlari – hozirgi parlamentning timsoli ochilgan. Unda Fransiya haloskori Janna d’Ark sud qilingan.

Aynan shu yerda 1804 yilda Rim papasi Piy VII Napoleon Bonapartga toj kiydirgan va u fransuzlar imperatoriga aylangan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.