Sergeli tumanidagi yangi uylarga ko‘chib kelayotgan aholi muammolari hal etiladi -   «Milliy tiklanish»

Sergeli tumanidagi yangi uylarga ko‘chib kelayotgan aholi muammolari hal etiladi -   «Milliy tiklanish»


15 aprel kuni «Milliy tiklanish» DP fraksiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining «Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani hududlarini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama etildi.

Ma'lum qilinishicha, mazkur qaror loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 21 dekabr kuni Toshkent shahriga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yig‘ilishi bayonnomasining 42-bandi ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.

«Toshkent shahri Sergeli tumanida ko‘p qavatli uylar qurilayotgan
yer maydonlari Toshkent viloyati ma'muriy chegarasi hududida joylashgan bo‘lib, hujjatlarni rasmiylashtirishda bir qator muammolarni vujudga keltirmoqda.

Shu jumladan, yangi qurib bitkazilgan uylarga ko‘chib kelayotgan shahar aholisining doimiy ro‘yxatga qo‘yishda va kvartira hujjatlarining rasmiylashtirishda duch kelinayotgan muammolar aholining asosli e'tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Loyihani ishlab chiqishning asosiy maqsadi Toshkent shahri Sergeli tumani ma'muriy hududida yashaydigan aholiga qulay sharoitlar yaratish hamda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hisoblanadi», — deyiladi partiya axborotida.

Mazkur hududning Toshkent shahar tasarrufiga o‘tkazilishi Sergeli tumani ma'muriy hududida yashaydigan aholiga qulay sharoitlar yaratishi ta'kidlanmoqda.

Yangi qurib bitkazilgan uylarga ko‘chib kelayotgan shahar aholisining doimiy ro‘yxatga qo‘yish va kvartira hujjatlarining rasmiylashtirish, avtomobil yo‘llardan foydalanish, uy-joy komplekslari, ijtimoiy va madaniy - maishiy maqsaddagi obektlar, muhandislik kommunikatsiyalarini kompleks qurishni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, hududlarni maqbullashtirish natijasida barcha resurslardan oqilona foydalanish, boshqaruv xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.