Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi 

Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi 


Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekistonga ilk davlat tashrifini yakunlab, Toshkentdagi Islom Karimov xalqaro aeroportidan jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

14 aprel kuni Toshkentga uchib kelgan Qozog‘iston Prezidenti 15 aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olindi.

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimida ishtirok etishdi. Ular davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotini imzoladi.

Shuningdek, ikki prezident ishtirokida Toshkent shahridagi
«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tgan madaniy kechada O‘zbekistonda Qozog‘iston yili e'lon qilindi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.