Saida Mirziyoyeva: Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Muammolar ham yetarlicha

Saida Mirziyoyeva: Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Muammolar ham yetarlicha


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Feysbukdagi sahifasida agentlikdagi dastlabki ish kuni haqida post qoldirdi.

“Bugun Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi birinchi ish kunim. Yangi jamoa, mutaxassislar bilan tanishdim, oldimizga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdik”, deb yozdi u.

Saida Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, oldinda bajarilish kerak bo‘lgan ko‘plab vazifalar turibdi.

“Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Muammolar ham yetarlicha. Ularni hal qilish tinimsiz mehnat talab etadi. Zimmamizdagi bu vazifalarni Agentlikning kuchli jamoasi bilan birgalikda va hamjihatlikda uddalaymiz, deb ishonaman”, deya ta'kidladi Mirziyoyeva o‘z postida.

Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasining chet ellarda ijobiy imijini shakllantirish – PR-markaz vazifasi ijrosi, shuningdek, agentlikning davlat organlari axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar uchun mas'ul bo‘ladi.

Agentlik axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.