Bosh prokuratura: budjet mablag‘lari talon-taroj etilgani fosh etildi

Bosh prokuratura: budjet mablag‘lari talon-taroj etilgani fosh etildi


Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Unda Termiz tumani arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji bosh hisobchisi Sh.X. kollejning 5 nafar sobiq ishchi-xodimlarining nomiga 2017-2018 yillar va 2019 yil 2 oyi davomida jami 221,8 mln. so‘m ish haqi yozib, ularning nomidagi plastik kartochkalarga oyma-oy tushirib olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Tekshiruv davomida budjetga yetkazilgan zarardan 100,3 mln. so‘m undirilishi ta'minlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Sh.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.