“Vaqf” fondi non ishlab chiqarishni boshladi

“Vaqf” fondi non ishlab chiqarishni boshladi


Mart oyida 16 gektar yer maydon va binolar O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan "Vaqf" fondiga beg‘araz berilgandi. Ushbu hududda qisqa muddat ichida non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish sexi barpo etildi, deb xabar berdi "Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati.


“15 aprel kuni non sexi o‘z faoliyatini boshladi va dastlabki non mahsulotlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining duoi xayrlari ila xalqimizga tortiq qilindi”, deyiladi xabarda.


Fond rahbari Iskandar Xalilovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur sexda ishlab chiqarilgan dastlabki non mahsulotlari ishchi-xizmatchilar, mirishkor dehqonlar va uzoq-yaqindan kelgan mehmonlarga xayriya tariqasida tarqatildi.


Mutaxassis Luqmon Ablaqulovning aytishicha, sexda to‘qqiz turdagi non mahsulotlari ishlab chiqarilib, do‘konlar orqali sotiladi hamda tushgan foyda hisobidan mehribonlik, qariyalar va nogironlar uylariga xayriya tariqasida ham ulashiladi. Shuningdek, non tarkibida sog‘liq uchun zarur va foydali bo‘lgan oqsil, uglevod, turli vitaminlar, mineral tuzlar, shuningdek, temir, kalsiy, fosfor va boshqa moddalar mavjud.

Non va non mahsulotlarini ishlab chiqarishdan ko‘rilgan foyda masjid-madrasalarni obod etish, yordamga muhtoj va nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlariga sarflanadi.




loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.