Mirziyoyev va Toqayev fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bitim imzoladilar

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda muzokaralar olib borgani xabar berilgandi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, oliy darajadagi O‘zbekiston – Qozog‘iston muloqoti samimiy va amaliy ruhda o‘tgan va muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning turli sohalariga oid o‘nga yaqin hujjat imzolandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qo‘shma bayonotni qabul qildilar. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni tan olish tartibi, O‘zbekiston va Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan ikki mamlakat fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida bitimlar, «Markaziy Osiyo» savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish to‘g‘risida memorandum va boshqa sohalarga oid kelishuvlar imzolandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Qozog‘iston Respublikasi Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum qabul qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifingda davlat rahbarlari muzokaralar qardoshlik munosabatlariga xos anglashuv va samimiyat ruhida o‘tganini, hamkorlikning barcha jihatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishilganini ta’kidladilar. Ushbu davlat tashrifi mamlakatlarimizning strategik sheriklikni mustahkamlashga, mintaqada tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga intilishi qat’iy ekanini ko‘rsatdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.