DXAga kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati qanday masalada?

DXAga kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati qanday masalada?


Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalariga 2019 yil 1 aprelga qadar jami 1850 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning eng ko‘p qismi Toshkent shahriga (422 ta) to‘g‘ri kelgan, eng kam murojaatlar Sirdaryo viloyatida (40 ta) bo‘lgan.

Kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, ularning aksariyati o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish hamda bolalarni bog‘chaga joylashtirish masalalariga oid ekanligi aniqlandi. Birgina prezident virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar tahlili, jami kelib tushgan murojaatlarning soniga nisbatan 36% yer uchastkalar, bino va inshootlarga kadastr hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, xususan, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish yuzasidan kelib tushganligi ma'lum bo‘lgan.

Murojaatlarning sabablari o‘rganilganda, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida mas'ul idoralarning ish hajmi ko‘pligi, aynan ushbu tadbirga biriktirilgan xodimlarning soni kamligi, ayrim idoralar hattoki kompyuter bilan ta'minlanmaganligi va internet tarmog‘iga ulanmaganligi, shu bilan birga “Kadastr-2” axborot tizimiga integratsiya qilinmaganligi yoki aksariyat xodimlar ushbu tizimdan foydalanishni to‘liq o‘zlashtirmaganligi aniqlandi.

Jumladan, komissiya a'zosi – tuman (shahar) qurilish bo‘limlarida 1-2 nafar xodim bo‘lgani holda, ularga ushbu aksiya doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan boshqa ishlar ham qo‘shimcha vazifa sifatida yuklatilgan. Bu kabi holatlarni komissiya a'zolari hisoblanuvchi barcha davlat organlari faoliyatida ham kuzatish mumkin.

Vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishda respublika bo‘yicha jami 78 199 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi. Shundan, 73 631 ta holatda davlat xizmati ko‘rsatish muddati buzilgan, 144 ta holatda ortiqcha hujjat talab qilingan, 3 583 ta holatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatilgan, 308 ta holatda murojaat asossiz ravishda rad etilgan va 531 ta holatda boshqa qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma'lum bo‘ldi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.