“Yuventus”ning kechikkan chempionligi, “Napoli” va “Inter”ning ishonchli g‘alabalari va Italiyada turning boshqa voqealari

“Yuventus”ning kechikkan chempionligi, “Napoli” va “Inter”ning ishonchli g‘alabalari va Italiyada turning boshqa voqealari


Dam olish kunlari Italiya chempionatida 32-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha qiziqarli voqealar yuz berdi.

“YuVeNTUS” CheMPIONLAR LIGASI O‘YINI TUFAYLI CheMPIONLIKNI KeChIKTIRDI

“Yuventus” safarda kamtarona SPAL bilan o‘ynadi. Jamoa bu bahsda kamida 1 ochkoni qo‘lga kiritsa, muddatidan oldin chempion bo‘lishi mumkin edi.

Ammo, bosh murabbiy Massimiliano Allegri o‘yinga zaxira tarkibni tushirdi. Sababi oddiy edi, turinliklarni keyingi haftada Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan “Ayaks”ga qarshi muhim o‘yin kutib turgan edi. Natijada, “Yuventus” ishtiyoqi baland bo‘lgan SPAL qarshiligini sindira olmadi.

30-daqiqada turinliklarning yosh hujumchisi Moyze Ken hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan Kevin Bonifatssi gol urib, muvozanatni tikladi. O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida Serjio Flokkari jamoasiga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.


Bu natijadan so‘ng, “Yuventus” 84 ochko bilan peshqadam bo‘lim turibdi. SPAL 35 ochko bilan 13-o‘ringa chiqib oldi. “Yuventus”ni ta'qib etib kelayotgan “Napoli” bu turda g‘alaba qozongach, turinliklarning chempionlik masalasi kamida keyingi turgacha kechikadigan bo‘ldi.

SPAL – Yuventus 2:1 (0:1, 2:0)
13 aprel, «Stadio Paolo Mazza»
Gollar: 0:1 – 30 Ken, 1:1 – 49 Bonifatsi, 2:1 – 74 Flokkari.
SPAL – Viviano, Chonek, Vikari, Bonifatsi, Missiroli, Skyattarella (Valdifori, 70), Ladzari, Fares, Murjia, Flokkari (Redjini, 85), Petanya (Antenuchchi, 89).
Yuventus – Perin, Bardzali (Bernardeski, 81), De Shilo, Joau Kanselu, Gotssi, Kuadrado, Spinatssola, Bentankur, Dibala, Kastanos (Nikolussi-Kavilya, 61), Ken (Mavididi, 69).
Ogohlantirishlar: Ladzari (28), Kuadrado (38), Joau Kanselu (45), Flokkari (74), Fares (83), Missiroli (87), Vikari (90).

“NAPOLI” SAFARDA AUTSAYDeRNI YeNGDI

“Napoli” safarda “Kevo” bilan o‘ynadi va 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.


Kutilmaganda senegallik himoyachi Kalidu Kulibali o‘zini ko‘rsatib, o‘yinda 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va qahramonga aylandi. Futbolchi 15 va 81-daqiqalarda “Kevo” darvozabonini dog‘da qoldirdi. 64-daqiqada esa hujumchi Arkadiush Milik raqib darvozasini ishg‘ol qildi. “Kevo” so‘nggi daqiqalarda Tsesarning goli bilan javob qaytardi.

Bu natijadan so‘ng, “Napoli” 67 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. “Kevo” esa 11 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qoldi va A Seriyani muddatidan oldin tark etdi.

Kevo – Napoli 1:3 (0:1, 1:2)
14 aprel, «Mark Antonio Bentegodi» stadioni
Gollar: 0:1 – 15 Kulibali, 0:2 – 64 Milik, 0:3 – 81 Kulibali, 1:3 – 90 Tsesar.
Kevo – Sorrentino, Depaoli, Andreolli, Tsesar, Barba, Xetemay, Diusse, Jakkerini, Vignato (Leris, 67), Stempinski (Kiyine, 80), Mejorini (Grubats, 74).
Napoli – Ospina, Xyusay, Kirikesh, Kulibali, G‘ulom, Kalexon (Verdi, 81), Zelinski, Fabian Ruis (Yunes, 73), Insine (Allan, 67), Mertens, Milik.

“INTeR” SAFARDA MUHIM UCh OChKONI QO‘LGA KIRITDI

“Inter” safarda autsayderlardan biri “Frozinone” bilan o‘ynadi. Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan “neradzurri” uchun bu o‘yindagi uch ochko juda zarur edi.

Jamoa o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, raqibi ustidan 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘limda Raja Nainggolan jarima maydoni ichida kuchli zarba yo‘llab, hisobni ochdi. 37-daqiqada Ivan Perishich penaltini aniq amalga oshirib, gollardagi farqni oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Franchesko Kassata hisobni qisqartirgan edi. Ammo so‘nggi daqiqalarda Matias Vesino uchinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi.


Bu natijadan so‘ng, “Inter” 60 ochko bilan 3-o‘rindagi mavqeini mustahkamladi. “Frozinone” 23 ochko bilan 19-o‘rinni egallab, A Seriyani tark etishga yaqin turibdi.

Frozinone – Inter 1:3 (0:2, 1:1)
14 aprel, «Stadio Benito Stirpe»
Gollar: 0:1 – 19 Nainggolan, 0:2 – 37, penalti Perishich, 1:2 – 61 Kassata, 1:3 – 90 Vesino.
Frozinone – Sportello, Goldaniga, Ariaudo, Kapuano, Paganini, Kassata (Chiano, 63), Chibsa, Valsania (Mayyello, 82), Begetto, Pinamonti (Dionizi, 88), Chiofani.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa, Vesino, Valero (Galyardini, 74), Politano (Joau Mariu, 89), Nainggolan, Perishich (Keyta Balde, 70), Ikardi.
Ogohlantirishlar: Paganini (31), Chibsa (35), Vesino (48), Chiano (83).

“MILAN” “SAN-SIRO”DA “LATsIO”NI YeNGDI

Turning markaziy o‘yini “San-Siro”da o‘tkazildi. Maydonga Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan “Milan” va “Latsio” klublari tushishdi.

O‘yin murosasiz kurashlarga, ehtiroslarga boy tarzda o‘tdi. Mezbonlar to‘pni nazorat qilishda ustunlikka ega bo‘lishdi. Mehmonlarning qarshi hujumlari esa xavfliroq bo‘ldi. Har ikkala jamoa avvalo o‘z darvozasi daxlsizligi haqida bosh qotirishdi.


79-daqiqada bellashuv taqdirini hal qilgan gol urildi. “Latsio” himoyachisi raqibiga nisbatan o‘z jarima maydonida qo‘pol o‘ynadi. Kessie belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Bu natijadan so‘ng, “Milan” 55 ochko bilan 4-o‘ringa chiqib oldi. “Latsio” 49 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.

Ayni paytda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun “Roma”, “Atalanta”, “Torino” va “Sampdoriya” klublari ham da'vogarlik qilmoqda.

Milan – Latsio 1:0 (0:0, 1:0)
13 aprel, «Juzeppe Meatssa (San-Siro)» stadioni
Gol: 1:0 – 79, penalti Kessie.
Milan – Reyna, Kalabriya (Laksalt, 67), Musakko, Romanoli (Sapata, 68), Rodriges, Kessie, Bakayoko, Chalxanoglu, Suso, Piontek (Kutrone, 84), Borini.
Latsio – Strakosha, Luis Felipe, Acherbi, Bashtush (Parolo, 81), Romulo, Milinkovich-Savich, Leyva, Luis Alberto, Lulich (Durmisi, 74), Korrea (Kaysedo, 48), Immobile.
Ogohlantirishlar: Romulo (9), Luis Alberto (85), Sapata (90).

32-TURNING BARChA NATIJALARI

13 aprel
SPAL – Yuventus 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 30 Ken, 1:1 – 49 Bonifatsi, 2:1 – 74 Flokkari.
Roma – Udineze 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 67 Jyeko.

Milan – Latsio 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 79, penalti Kessie.

14 aprel
Torino – Kalyari 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 52 Dzadza, 1:1 – 75 Pavoletti.
Chetlatishlar: Dzadza (73, Torino), Pellegrini (82, Kalyari), Barella (90, Kalyari).

Fiorentina – Bolonya 0:0

Sampdoriya – Jyenoa 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 3 Defrel, 2:0 – 53, penalti Kualyarella.
Chetlatish: Biraski (51, Jyenoa).

Sassuolo – Parma 0:0

Kevo – Napoli 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 15 Kulibali, 0:2 – 64 Milik, 0:3 – 81 Kulibali, 1:3 – 90 Tsesar.

Frozinone – Inter 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 19 Nainggolan, 0:2 – 37, penalti Perishich, 1:2 – 61 Kassata, 1:3 – 90 Vesino.

15 aprel
Atalanta – Empoli

A SeRIYa JADVALI


A SeRIYa TO‘PURARLARI
22 - Kshishtof Piontek (Jyenoa/Milan, 2 pen), Fabio Kualyarella (Sampdoriya, 7)
20 - Duvan Sapata (Atalanta, 1)
19 - Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 5)
17 - Arkadiush Milik (Napoli)
14 - Franchesko Kaputo (Empoli, 3), Chiro Immobile (Latsio, 4)
12 - Andrea Petanya (SPAL, 4), Andrea Belotti (Torino, 4), Leonardo Pavoletti (Kalyari)
11 - Yosip Ilichich (Atalanta), Dris Mertens (Napoli, 1)
10 - Jyervino (Parma), Mauro Ikardi (Inter, 4)

33-TUR O‘YINLARI
20 aprel
Parma - Milan
Bolonya - Sampdoriya
Jyenoa - Torino
Kalyari - Frozinone
Latsio - Kevo
Udineze - Sassuolo
Empoli - SPAL
Yuventus - Fiorentina
Inter - Roma

22 aprel
Napoli - Atalanta

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.